O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi

Iyun 04, 2026. 22:25 • 47 soniya

13
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi qurilishining boshlanish marosimida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bilan uchrashdim, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot davomida ushbu nufuzli tashkilot bilan milliy yadro energetikasi infratuzilmasini yaratish, yadroviy tibbiyotni rivojlantirish va soha uchun kadrlar tayyorlash borasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish