Sietl va Toshkent o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari yanada kengaytiriladi
Iyun 04, 2026. 09:25 • 2 daq
• 135MAUNTLЕYK-TЕRRAS, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. AQSHNing Vashington shtatidagi Mauntleyk-Terras shahar kutubxonasida Sietl va Toshkent o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar tarixiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda Sietl–Toshkent birodar shaharlar assotsiatsiyasining sobiq prezidenti Den Piterson hamda AQSHdagi o‘zbek diasporasi vakillari ishtirok etdi. Qatnashchilarga O‘zbekiston madaniyati, milliy raqslari va ikki shahar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarning rivoji haqida ma’lumot taqdim etildi.
Tadbirda Sietl va Toshkent o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar 1970-yillar boshida o‘rnatilgani, birodar shaharlar maqomi esa 1973-yilda rasman tasdiqlangani qayd etildi.
O‘tgan o‘n yilliklar davomida bu aloqalar xalq diplomatiyasini rivojlantirishga, shuningdek, ta’lim, madaniyat va tinchlikni mustahkamlash sohalaridagi hamkorlikka xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvda o‘zbek milliy raqslari namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekistonning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashning muhim o‘rni haqida fikr almashdi.
Tadbir yakunida bu kabi tashabbuslar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va do‘stona munosabatlarni yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratishi qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekistonning radikallashuvni oldini olish borasidagi tajribasi GCERF direktorlar kengashi yig‘ilishida yuqori baholandi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Venada Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi








