O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Venada Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi

Iyun 03, 2026. 20:25 • 56 soniya

71
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Venada Avstriya Federal kansleri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Venada Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Avstriya Federal kansleri Kristian Shtoker bilan uchrashganimdan mamnunman, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Avstriya munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdik.

O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro aloqalari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning yangi imkoniyatlarini alohida muhokama qildik.

O‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi sheriklikni yanada kengaytirishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish