Logo

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Fevral 08, 2026. 12:20 • 30 soniya

29
Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va AQSH maxsus vakili, elchi Serjio Gor Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilganini maʼlum qilishdan mamnunman, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda”.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish