Logo

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi maxsus vakillari Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Mart 10, 2026. 20:25 • 54 soniya

3
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi maxsus vakillari Afg‘oniston–Pokiston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 10-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Jil Bertran bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari, xususan, Afg‘oniston­–Pokiston chegarasidagi vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar hamda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish