Logo

“Travel Tomorrow”: O‘zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalishlari qatoridan joy oldi

Dekabr 24, 2025. 12:53 • 2 daq

1171
“Travel Tomorrow”: O‘zbekiston dunyoning eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalishlari qatoridan joy oldi

BRYUSSEL, 26-dekabr. /“Dunyo” AA/. Sayyohlar orasida ommabop bo‘lgan Belgiyaning “Travel Tomorrow” nashrida O‘zbekistonda turizm sohasining jadal o‘sishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda qayd etilishicha, O‘zbekiston rasman dunyodagi eng tez rivojlanayotgan turistik yo‘nalishlar qatoridan o‘rin oldi va global turizm xaritasidagi o‘z mavqeyini shiddat bilan mustahkamlayotganini tasdiqladi. “UN Tourism” (BMT Butunjahon turizm tashkiloti) tomonidan eʼlon qilingan so‘nggi tahliliy maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakat 2025-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida xalqaro sayyohlar oqimi o‘sish surʼatlari bo‘yicha dunyoning yetakchi yetti yo‘nalishi ro‘yxatiga kirdi.

“Statistika shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro sayyohlar soni 2019-yilning shu davriga nisbatan 73 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatga pandemiyadan keyingi tiklanish jarayonida favqulodda natijalarga erishgan davlatlarning tor doirasiga kirish imkonini berdi. Faqat bir necha davlatgina bundan yuqori natija qayd etgan: Butan (203% o‘sish bilan yetakchi), Qatar (138%), Salvador (88%), Albaniya (83%) va Bahrayn (76%)”, - deya yozilgan maqolada.

Maqolada O‘zbekiston turizm sektoridagi ushbu o‘sish keng ko‘lamli islohotlar va barqaror investitsiyalar natijasi ekaniga eʼtibor qaratiladi. Viza rejimining liberallashtirilishi ko‘plab davlatlar fuqarolari uchun sayohatni osonlashtirdi, aviatsiya qatnovlari va transport infratuzilmasining rivojlanishi esa yo‘nalishning ochiqligini oshirdi.

“O‘zbekiston yaqin yillar uchun turizmni rivojlantirishning ulkan, ammo puxta o‘ylangan strategiyasini belgilab oldi. 2030-yilga borib mamlakat har yili 15 milliongacha sayyohni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga YUNESKO Butunjahon merosi obyektlari va tabiiy muhitning saqlanishini taʼminlaydi”, - deya qayd etilgan nashrda.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish