O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tranzit va logistika yo‘nalishidagi hamkorlik kengaytiriladi

Iyun 11, 2026. 11:00 • 2 daq

85
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tranzit va logistika yo‘nalishidagi hamkorlik kengaytiriladi

OSTONA, 11-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston Savdo va sarmoyalar palatasi (ACCI) rahbari Muhammad Karim Hoshimiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Qozog‘istonning “Check-point” internet nashriga tayanib.

Uchrashuvda tranzit va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikki davlat o‘rtasida yuk tashish hajmini oshirish choralari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida yuk tashish samaradorligini yuksaltirish, savdo aloqalarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Afg‘onistonning tranzit salohiyatidan to‘laroq foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot chog‘ida Afg‘oniston importi va O‘zbekiston eksporti uchun yuk yetkazib berishni tezlashtirish, omborxona infratuzilmasini rivojlantirish hamda Hayraton va Naybobod stansiyalariga olib boruvchi qo‘shimcha temir yo‘llarni qurish masalalarini ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tomonlar Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston hududi orqali tranzit hajmini oshirish hamda Xitoy portlari va Ko‘rfaz mamlakatlaridan O‘zbekiston transport yo‘laklari orqali yuk tashishni soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Shuningdek, uchrashuvda Afg‘onistonda sifat nazorati laboratoriyalari tarmog‘ini kengaytirish va logistika kompaniyalari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ayrim transport xarajatlarini qayta ko‘rib chiqish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Muzokaralar yakunida Afg‘oniston tomoni mutasaddi tuzilmalar bilan birgalikda mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tranzit, logistika va mintaqaviy savdoni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish ustida ishlashga tayyorligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish