O‘zbekiston va Yaponiya kadrlar tayyorlash, bandlik va investitsiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Sentabr 17, 2026. 21:30 • 1 daq
• 98
TOSHKENT, 17-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Tokioda “Onodera User Run” kompaniyasi prezidenti Jun Kato bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi prezidenti janob Jun Kato bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada ish bilan taʼminlash bo‘yicha kompaniya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashimizni bildirdik.
Suhbat davomida O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham yangi taʼlim markazlarini tashkil etish, yoshlarni kasbiy tayyorlash ko‘lamini kengaytirish masalalarini muhokama qildik.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi kadrlar tayyorlash, bandlik va investitsiyalar sohalaridagi hamkorlikni o‘zaro manfaatli yangi loyihalar bilan boyitishga tayyormiz”.
“Dunyo” AA fotosurati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi