O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Mart 22, 2026. 14:30 • 54 soniya
• 34
VARSHAVA, 22-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi rahbariyati va Polsha barqaror qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat uyushmasi direktori Olaf Xorbanchuk o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori sifatli urug‘chilik tizimini rivojlantirish, barqaror agrar ishlab chiqarishni taʼminlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash masalalarini muhokama qilindi. Polsha tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, zamonaviy innovatsion yechimlarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot yakunida tomonlar mutaxassislar malakasini oshirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash va imzolash yuzasidan kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi