Logo

Bangkokdagi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Mart 18, 2026. 17:14 • 49 soniya

123
Bangkokdagi YTH oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

BANGKOK, 18-mart. /“Dunyo” AA/. Bugun Bangkok shahrida avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hodisa oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik shaxs og‘ir tan jarohat olishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, ushbu avtohalokatda turli tan jarohati olgan yana uch nafar hamyurtlarimizga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonadan javob berilgan.

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan.

O‘zbekistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari tomonidan fuqarolarimizga kerakli tartibda barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

Marhumning yaqinlari bilan aloqa o‘rnatilib, hozirgi vaqtda jasadni Vatanga olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish