Pokistonda O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va xalqqa yo‘llagan Murojaatnomasi urdu tilida eʼlon qilindi
Fevral 03, 2026. 15:37 • 34 soniya
• 117
ISLOMOBOD, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi urdu tilida kitob shaklida chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu loyihadan maqsad Pokistondagi urdu tilida so‘zlaydigan aholiga mamlakatimizdagi islohotlar, rivojlanish strategiyalari va Prezidentimizning kelajakka qaratilgan siyosiy tashabbuslari to‘g‘risida to‘liq va aniq maʼlumot yetkazishdir.
Pokistonlik ekspertlarning taʼkidlashicha, Murojaatnomaning urdu tiliga tarjima qilinishi mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi siyosiy va madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim vosita bo‘ladi.
Nashr Pokiston ijtimoiy-siyosiy, ishbilarmon, akademik doiralari hamda keng jamoatchilik vakillari o‘rtasida tarqatiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
