Buyuk Britaniyadagi vatandoshlar uchun moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
Fevral 03, 2026. 15:40 • 34 soniya
• 24
LONDON, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniyadagi “UCAN Community Networking” jamiyati vakillari hamda “Millat umidi” universiteti asoschisi, tadbirkor Umidjon Ishmuhamedov hamkorligida moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mahorat darsida ishtirokchilarga shaxsiy moliyani boshqarish, byudjet shakllantirish, investitsiya qilish va kredit resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Ushbu mahorat darsining asosiy maqsadi Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan talabalar va ayollarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligiga ko‘maklashish hamda muvaffaqiyatli kasbiy va shaxsiy hayotga tayyorlashdan iborat bo‘ldi.
Qatnashchilar tadbirning yuqori amaliy ahamiyatini taʼkidlab, kelajakda bunday loyihalarda ishtirok etishga katta qiziqish bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
