O‘zbekistonlik mergan Osiyo chempionatida jahon rekordini o‘rnatdi
Yanvar 21, 2026. 11:00 • 35 soniya
• 153
DOHA, 21-yanvar. /“Dunyo” AA/. Stenddan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxtida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatidagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, musobaqa yakunida hamyurtlarimiz bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Xususan, o‘smirlar toifasida turnir g‘olibiga aylangan va yangi jahon rekordini o‘rnatgan Oxunjon Abduqodirovning chiqishi alohida eʼtirofga loyiq.
Shuningdek, Yaroslava Eshtayeva kumush medalga sazovor bo‘ldi. O‘smirlar o‘rtasidagi jamoaviy bahslarda esa Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shohrux Sadirov bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Qitʼa birinchiligidagi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok o‘zbekistonlik merganlarning tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini va xalqaro maydonda raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
