Logo

O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyalari va Germaniya yirik ulgurji xaridorlari o‘rtasida muloqot o‘tkazildi

Yanvar 21, 2026. 14:13 • 2 daq

83

FRANKFURT-MAYN, 21-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan yurtimizdagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari “Parisa Home”, “Ideal” va “Asakatekstil” kompaniyalari hamda germaniyalik yirik ulgurji xaridorlar o‘rtasida muloqot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tadbir O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish, milliy eksport mahsulotlarini Yevropa bozorlariga ilgari surish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston mahsulotlarini Germaniya bozoriga eksport qilish hajmini oshirish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida tashkil etildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston tomonidan xalqaro sifat standartlari va ekologik talablarga javob beradigan keng assortimentdagi trikotaj mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va yengil sanoatning boshqa tovarlarini o‘z ichiga olgan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar taqdim etildi. Germaniyalik hamkorlarga O‘zbekiston korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi, eksport salohiyati, yetkazib berishning logistika imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Germaniya ulgurji kompaniyalari vakillari, o‘z navbatida, mahsulotlarning raqobatbardoshligi, Yevropa bozori talablariga javob berishi va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini taʼkidlab, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv doirasida narxlarni shakllantirish, yetkazib berish shartlari va o‘zaro hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish, aniq tijorat takliflarini ishlab chiqish va keyingi ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etish, jumladan, O‘zbekiston kompaniyalarining Germaniyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro tarmoq ko‘rgazmalari va biznes-forumlarda ishtirok etishidan o‘zaro manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish