O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdi

Sentabr 07, 2026. 16:45 • 45 soniya

303
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdi

TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Belgrad shahriga tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Sammit yakunlari bo‘yicha salmoqli hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish