Logo

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida zamonaviy o‘zbek rassomlari asarlari ko‘rgazmasi ochildi

Mart 20, 2026. 14:23 • 2 daq

20
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida zamonaviy o‘zbek rassomlari asarlari ko‘rgazmasi ochildi

FRANKFURT-MAYN, 20-mart. /“Dunyo” AA/. Frankfurt-Mayn shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga keluvchilar endilikda yurtimiz tasviriy san’ati durdonalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Germaniyadagi o‘ziga xos tashrif qog‘ozi hisoblangan konsulxona binosida taniqli o‘zbek rassomlari – Sobir Raxmetov, Shuhrat Bobojon, Erkin Orol, Dilshod Eshmatov, O‘ktam Isirgapov va Sardor Ollaberganovning moybo‘yoqda ishlangan sara asarlari namoyish etilmoqda.

Ushbu ko‘rgazma xalqaro “Yuzuk” tashkiloti ko‘magida tashkil etildi. Ekspozitsiyadan joy olgan asarlarda Samarqandning mahobatli obidalari, Boysun va Shohimardonning betakror tabiati hamda xalqimiz hayotining rang-barang lavhalari mahorat bilan aks ettirilgan.

O‘zbekiston bugungi kunda mingga yaqin professional rassomlari bilan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasida tasviriy san’at sohasida yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rgazma yurtimizni nafaqat an’anaviy hunarmandchilik, balki yuksak intellektual va ijodiy salohiyatga ega mamlakat sifatida dunyoga taqdim etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish