Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Oktabr 17, 2026. 16:00 • 57 soniya

• 90
Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

LONDON, 17-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, lord Vud bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar va islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini yana-da rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotlarni faollashtirish, parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida diplomatik aloqalarni izchil davom ettirish va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini amalda ro‘yobga chiqarish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish