Logo

Londonda Buyuk Britaniya neft-gaz korporatsiyasining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi

Fevral 27, 2026. 08:20 • 36 soniya

14
Londonda Buyuk Britaniya neft-gaz korporatsiyasining O‘zbekistondagi loyihalarda ishtiroki muhokama qilindi

TOSHKENT, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Londonda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov eng yirik transmilliy neft-gaz korporatsiyalaridan biri – BP (British Petroleum) vakili Ariel Flores bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Janob Ariel Flores va “BP” kompaniyasi boshqaruvi aʼzolari bilan uchrashdik”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muloqot jarayonida O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investitsiya muhitini yanada yaxshilash borasidagi saʼy-harakatlar va yirik qo‘shma loyihalarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qilindi.

Shuningdek, “Ustyurt” loyihasini izchil rivojlantirish, qo‘shimcha neft va gaz imkoniyatlarini o‘rganish, qayta tiklanadigan energiya va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish