Logo

Londonda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Mart 08, 2026. 11:48 • 2 daq

52
Londonda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Londonda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Londonda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

LONDON, 8-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan vatandoshlar hamda O‘zbekiston xalqaro talabalar ittifoqi (UzSU) vakillari ishtirok etdi.

Marosim avvalida, elchixona vakillari ishtirokchilarni bayram bilan samimiy tabriklab, xotin-qizlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim va turli sohalardagi faol ishtirokini alohida ta’kidladi.

Ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbek talabalari ham so‘zga chiqib, bayram munosabati bilan xotin-qizlarga o‘z tabriklarini izhor etdi. Shu bilan birga, ta’lim jarayoni, xalqaro tajriba orttirish va kelgusida Vatan ravnaqiga hissa qo‘shish borasidagi rejalari haqida fikr bildirdi.

Tadbirda UzSU vakillari tomonidan talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xorijda tahsil olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida samimiy muloqot hamda hunarmandchilikka doir mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish