Logo

Varshavada Ramazon oyi munosabati bilan vatandoshlar ishtirokida madaniy uchrashuv o‘tkazildi

Mart 08, 2026. 13:20 • 39 soniya

14
Varshavada Ramazon oyi munosabati bilan vatandoshlar ishtirokida madaniy uchrashuv o‘tkazildi

VARSHAVA, 8-mart. /“Dunyo” AA/. Polsha poytaxtida O‘zbekiston elchixonasi va Musulmonlar idorasi vakillari tomonidan vatandoshlarimiz uchun ma’naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unda Polshada mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan 100 nafardan ortiq vatandoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilganlar muqaddas Ramazon oyining inson hayotidagi ahamiyati, shukronalik, sabr-toqat, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat kabi fazilatlarning muhimligi haqida so‘z yuritdi.

Ishtirokchilar bunday ma’naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etilayotgani uchun davlatimiz rahbari va hukumatimizga alohida minnatdorlik bildirdi.

Mazkur uchrashuvning vatandoshlar o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro do‘stlik aloqalarini yanada yuksaltirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish