Madridda tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston-Ispaniya muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Aprel 07, 2026. 22:25 • 2 daq
• 93
MADRID, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Madridda Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va xalqaro hamkorlik vaziri Xose Manuel Albares janoblari bilan mazmunli muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvimizda o‘zaro munosabatlarimizni yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish hamda iqtisodiy hamkorligimizni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratdik.
Muzokaralar yakunida Tashqi siyosiy idoralar o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik rejasi, diplomatik pasport egalari uchun vizani bekor qilish to‘g‘risidagi Bitim hamda diplomatik kadrlar tayyorlash bo‘yicha Anglashuv memorandumini imzoladik.
Bugungi uchrashuv O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarimizni yanada mustahkamlashiga ishonamiz va o‘zaro manfaatli sheriklikni izchil rivojlantirish yo‘lida hamkorligimizni davom ettiramiz”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi