O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarini yana-da faollashtirish masalasi muhokama qilindi

Iyun 25, 2026. 20:30 • 52 soniya

41
O‘zbekiston–Turkiya munosabatlarini yana-da faollashtirish masalasi muhokama qilindi

TOSHKENT, 25-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiya elchisi Ufuk Ulutash bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikning bugungi holati va istiqbollari, savdo, turizm, taʼlim sohalaridagi ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yana-da faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti faoliyatining dolzarb jihatlari, jumladan, hamkorlikni yana-da mustahkamlash va tashkilot doirasida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish