Minskda O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
Iyul 09, 2026. 15:05 • 46 soniya
• 21
TOSHKENT, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun Minsk shahridagi Mustaqillik saroyida rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, saroy oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston yetakchisini Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko samimiy kutib oldi.
Davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi