Samarqandda narkotahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi
Aprel 20, 2026. 10:47 • 2 daq
• 120SAMARQAND, 20-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) hamkorligida tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, YEI, SHHT, MDH va JSST vakillari ishtirok etmoqda.
Forumda 50 ga yaqin davlatdan huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va 500 nafarga yaqin xalqaro ekspertlar jam bo‘lgan.
Tadbir yuqori darajadagi ko‘rgazma bilan boshlandi. Plenar majlisda BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi operativ bo‘limi direktori Bo Matiasen qutlov so‘zi bilan chiqish qildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Narkotiklarni nazorat qilish agentligi, Xalqaro va Ibero-Amerika boshqaruv hamda davlat siyosati jamg‘armasi (FIIAPP) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi


