Samarqand forumida inson huquqlarini himoya qilishning milliy mexanizmlari muhokama qilindi

Sentabr 29, 2026. 17:30 • 2 daq

• 178

SAMARQAND, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi doirasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining 30 yilligiga bag‘ishlangan yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yig‘ilish “Xalqaro majburiyatlardan – samarali amalga oshirishga: inson huquqlari sohasidagi milliy implementatsiya mexanizmlarining roli” mavzusida tashkil etildi.

Muhokamalarda mamlakatimizning sud va qonun chiqaruvchi idoralari, Turkiya, Tailand, Qatar, Marokash, Qozog‘iston, Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. Bir qator ishtirokchilar onlayn tarzda chiqish qildi.

Tadbirda asosiy e’tibor idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro majburiyatlarni bajarish, hisobot berish va monitoring qilish bo‘yicha milliy mexanizmlar faoliyati, ilg‘or xalqaro tajribani qo‘llash masalalariga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi 30 yil davomida inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni ilgari surish, mamlakatning xalqaro majburiyatlarini bajarish, BMT mexanizmlari bilan hamkorlik qilish, sohada ta’lim va tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynab kelmoqda.

Forum doirasida “Capstone Project Uzbekistan” inson huquqlari bo‘yicha ta’lim dasturi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 

Mukofotlarni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov, Niderlandiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi missiyasi rahbari o‘rinbosari Martin van Byuren va Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi prezidenti Azamat Shambilov topshirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish