Inson huquqlari bo‘yicha V Samarqand forumi doirasida yuqori darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Sentabr 28, 2026. 18:00 • 2 daq
• 254TOSHKЕNT, 28-sentabr. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizda Inson huquqlari bo‘yicha beshinchi Samarqand forumining ochilish marosimidan so‘ng fuqarolarning haq-huquqlari va global birdamlik masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yig‘ilishda BMT va uning tuzilmalari, YXHT, ShHT, OHICHK, MDH, TURKPA va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlar ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida xalqaro paktlar qabul qilinganidan oltmish yil o‘tgach, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tizimining natijalari va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Barcha inson huquqlarining universalligi, bo‘linmasligi va o‘zaro bog‘liqligi, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va global tengsizlikni kamaytirish uchun rivojlanish huquqining ahamiyati qayd etildi.
Zamonaviy tahdidlar, jumladan, raqamli transformatsiya, iqlim o‘zgarishi, qurolli mojarolar va gumanitar inqirozlarni hal etishda xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, beshinchi Samarqand forumi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, YXHT, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi va Xalqaro taraqqiyot va adolat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


