Toshkentda chiqindilarni kamaytirish va havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilandi
Oktabr 02, 2026. 21:30 • 2 daq
• 79TOSHKENT, 2-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida atmosfera havosi sifatini yaxshilash va «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirda Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Doniyor Turg‘unov, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) boshlig‘i Nodirbek Jamburbayev, «Toza havo» umummilliy loyihasi vakili Feruz Safarov, ekologik va jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar va boshqa tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli tashlamalarni kamaytirish, ekologik nazoratni kuchaytirish va havo sifati monitoringini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Chang va gazdan tozalash uskunalarini modernizatsiya qilish, qurilish obyektlarini nazorat qilish va shaharni ko‘kalamzorlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash, jumladan, monitoring tizimini kengaytirish va zamonaviy ekologik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda «Toza havo» loyihasi va 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan milliy ekologik maqsadlarni amalga oshirish doirasida tashlamalarni qisqartirish, PM2.5 monitoringini kengaytirish, korxonalarni modernizatsiya qilish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


