Tokioda O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
Dekabr 20, 2025. 17:47 • 31 soniya
• 186
TOSHKENT, 20-dekabr. /“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, bugun “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.
Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganidan mamnuniyat bildirdilar.
O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qatʼiy ekani taʼkidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga rasmiy tashrif yakunlandi