Konya shahrida Alisher Navoiy bobomiz xotirlandi
Fevral 09, 2026. 17:42 • 45 soniya
• 116KONYA, 10-fevral. /“Dunyo” AA/. Alisher Navoiyning 585 yillik tavalludi munosabati bilan Turkiyaning Konya shahridagi Nejmeddin Erbakan universitetida ilmiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Ali Sir Nevâînin Türk Edebiyatindaki Yeri Ve Onemi” (Alisher Navoiyning turkiy adabiyotdagi o‘rni va ahamiyati) nomli ushbu tadbir Toshkent kimyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet professori Gulnoza Odilova so‘zga chiqib, buyuk bobomizning ilmiy merosi va turkiy til tarixidagi o‘rni, zamonaviy navoiyshunoslikka oid yangiliklar va bugungi kunda mamlakatimizda Alisher Navoiy merosini o‘rganishga oid tadqiqotlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Anjuman davomida Toshkent kimyo xalqaro universiteti tashabbusi bilan nashr etilgan va turk tiliga tarjima qilingan Alisher Navoiy merosiga doir “Sharq durdonalari” kitobi taqdimot o‘tkazildi.
Talabalar Navoiy merosiga oid ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi.
Tadbir davomida mahalliy professor-o‘qituvchilar buyuk ajdodimizning umumturkiy adabiyot va qadriyatlarimizdagi o‘rni, Turkiyada Alisher Navoiy tadqiqotlari bo‘yicha fikr bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



