Logo

Ostonada buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ijodi eʼtirof etildi

Fevral 02, 2026. 14:33 • 54 soniya

337

OSTONA, 8-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan buyuk mutafakkir, shoir va davlat arboblari Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543-yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Maqsut Narikbayev University” oliygohida o‘tkazilgan tadbir “Vatandoshlar” jamoat fondi, “Ostona o‘zbeklari” etnomadaniy jamoat birlashmasi hamda Ostona shahrida taʼlim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar ko‘magida tashkil etildi.

Uchrashuvda Qozog‘iston Parlamenti deputati Alisher Satvaldiyev, Qozog‘iston xalqi Assambleyasi Rayosati Qozog‘iston O‘zbeklarining “Do‘stlik” assotsiatsiyasi yoshlar qanoti vakillari, navoiyshunos olimlar, shoirlar va talabalar ishtirok etdi.

Deputat Alisher Satvaldiyev bugungi kunda O‘zbekistonda buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosini o‘rganish yangi bosqichga ko‘tarilgani, bu bo‘yicha barcha xorijiy davlatlarda turli madaniy tadbirlar o‘tkazilayotganini eʼtirof etdi.

Ishtirokchilar buyuk shoir va davlat arboblarining boy madaniy merosi, ijodi turkiy xalqlar adabiyotida muhim o‘rin egallashini alohida taʼkidladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy aloqalar tobora rivojlanib borayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda “O‘zbek markazi” masʼullari va elchixona diplomatlari so‘zga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida batafsil fikr bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish