Moskvadan munosabat: Hindiston O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosiy kursiga juda mos keladi

Sentabr 01, 2026. 14:00 • 2 daq

18
Moskvadan munosabat: Hindiston O‘zbekistonning ko‘p vektorli tashqi siyosiy kursiga juda mos keladi

MOSKVA, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiya davlat gumanitar universiteti Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti Yuriy Sigov Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 29–30-avgust kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlarini “Dunyo” AA uchun sharhladi:

— Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishni masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvlar yakunida Qo‘shma bayonot va qator hujjatlar imzolandi.

Shu munosabat bilan Dehli tashqi siyosat vektorining Markaziy Osiyoga qaratilgan yo‘nalishi sezilarli darajada faollashgani hamda mintaqa mamlakatlarining Hindiston bilan aloqalarni kengaytirishga nisbatan ortib borayotgan qiziqishini alohida taʼkidlash joiz.

Mening nazarimda bu borada uchta omil juda muhim hisoblanadi.

Birinchidan, Hindiston O‘zbekiston uchun nafaqat muhim va manfaatli sherik, balki eng qadimiy sivilizatsiyalardan biri hamdir. Mamlakatlar o‘rtasida zamonaviy aloqalarni kengaytirish uchun aynan chuqur sivilizatsiyaviy poydevor va rishtalar mavjud bo‘lib, bu Toshkent va Dehlini tabiiy hamkorlarga aylantiradi.

Ikkinchidan, Hindiston Markaziy Osiyoning eng yaqin geografik qo‘shnisidir. Dehlidan Toshkentga ikki soatda uchib kelish mumkin. Shu sababli ikki mamlakatning o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish uchun imkoniyatlari amaliy va juda ham kengdir.

Uchinchidan, Hindiston bilan aloqalar Toshkentning ko‘p vektorli tashqi siyosiy kursiga juda mos keladi. Qolaversa, Hindiston uchun ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish g‘oyat manfaatlidir.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish