Logo

Moskvadan munosabat: Ostonadagi sammit OQXJga raislikning 2027–2029-yillarda O‘zbekistonga o‘tayotgani bilan ham ahamiyatlidir

Aprel 23, 2026. 15:28 • 2 daq

96
Moskvadan munosabat: Ostonadagi sammit OQXJga raislikning 2027–2029-yillarda O‘zbekistonga o‘tayotgani bilan ham ahamiyatlidir

MOSKVA, 23-aprel. /“Dunyo” AA/. Rossiya Fanlar akademiyasi Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksandra Perminova “Dunyo” AA uchun O‘zbekiston Prezidentining 22-aprel kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishdagi ishtiroki bo‘yicha fikr bildirdi:

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtiroki etish uchun Ostonaga qilgan tashrifi, avvalo, ayni damda tashkilot o‘zini-o‘zi ichki qayta anglash bosqichidan o‘tayotgan bir paytda bo‘lib o‘tayotgani bilan ahamiyatlidir.

2026-yil mart oyida Ostona shahrida Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi Boshqaruvi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda Markaziy Osiyoda suv, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda birgalikdagi harakatlarni amalga oshirish, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va Orol dengizining holatini yaxshilash borasida barqaror hamkorlikni saqlab qolish masalalari muhokama qilgan edi.

OQXJ doirasidagi muloqot O‘zbekiston uchun mintaqadagi suv masalalari kun tartibining o‘ta muhim qismi hisoblanadi. Ostonadagi uchrashuvning mintaqa davlatlari rahbarlari darajasida ekani esa Toshkentning Markaziy Osiyo integratsiyasini rivojlantirish borasidagi manfaatlariga mos keladi. Bundan tashqari, mazkur sammit OQXJga raislikning 2027–2029-yillar uchun O‘zbekistonga o‘tishi arafasida o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Orol dengizi bilan bog‘liq vaziyatdan tashqari, umuman suv-energetika masalalarini hal etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, aynan mintaqa mamlakatlarining o‘zaro umumiy yechimlar topishi Markaziy Osiyo davlatlarining yana-da yaqinlashishiga olib boruvchi qadamlardan biridir.

Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Markaziy Osiyoning barqaror taraqqiyoti yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning dolzarb ekologik, iqlim va suv muammolarini hal etish masalalari alohida muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish