Logo

O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari “Tashkent Pharma Park” faoliyati bilan tanishishdi

Yanvar 24, 2026. 15:10 • 2 daq

8

TOSHKENT, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteriga tashrifi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Tashkent Pharma Park” axborotiga ko‘ra, tashrif doirasida diplomatik korpus vakillarini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov farmatsevtika sohasiga bag‘ishlangan batafsil taqdimot bilan kutib oldi. Taqdimotda so‘nggi yillarda mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar, qabul qilingan muhim qarorlar, yaratilgan qulay investitsion muhit hamda erishilgan amaliy natijalar atroflicha yoritib berildi.

Muloqot jarayonida diplomatik korpus vakillari O‘zbekiston va xorijiy davlatlar farmatsevtika sanoati o‘rtasida mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim ko‘prik vazifasini bajarishlarini, sohani barqaror rivojlantirish uchun doimiy va tizimli hamkorlik alohida ahamiyatga ega ekanini taʼkidladilar.

O‘z navbatida, Agentlik direktori diplomatik vakolatxonalar rahbarlaridan o‘z faoliyatlari davomida mamlakatimiz farmatsevtika sohasining imkoniyatlari, mavjud salohiyati va amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng targ‘ibot olib borish, xorijiy investorlar va hamkor tashkilotlarning qiziqishini yana-da oshirishga ko‘maklashishni so‘radi. Shuningdek, tomonlar o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qator xorijiy davlatlarda taʼlim va ishlab chiqarish sohalarida manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdilar.

“Mazkur tashrif O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, tashqi hamkorlikni kengaytirish hamda “Tashkent Pharma Park” klasterining investitsion va ilmiy salohiyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi”,- deya taʼkidlanmoqda tashkilot matbuot xizmati maʼlumotida.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish