Logo

“Asdaa Oman”: Turkiya va O‘zbekiston 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

Yanvar 24, 2026. 12:24 • 55 soniya

87
“Asdaa Oman”: Turkiya va O‘zbekiston 2026 yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

MASKAT, 24-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘monning “Asdaa Oman” gazetasida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik rejasining imzolanishiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada qayd etilishicha, ushbu bitim Anqarada O‘zbekiston mudofaa vaziri Shuhrat Xolmuhamedov va Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler tomonidan imzolangan. Uchrashuvda tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa sanoatini rivojlantirish va harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan.

“Turkiya mudofaa vaziri Yashar Gyuler O‘zbekiston bilan munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini taʼkidladi. O‘z navbatida, Shuhrat Xolmuhamedov O‘zbekiston armiyasini modernizatsiya qilish va uning jangovar qobiliyatini oshirish uchun harbiy tayyorgarlik va mudofaa sanoati sohasidagi Turkiya tajribasi muhimligini qayd etdi”, deya yozilgan nashrda.

Taʼkidlanishicha, rejaga ko‘ra, 2026-yilda qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari, shaxsiy tarkib almashinuvi, texnik hamkorlik, harbiy-tibbiy tayyorgarlik o‘tkaziladi. Harbiy shifokorlarni tayyorlash, harbiy gospitallarni boshqarish bo‘yicha tajriba almashish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Nashrning yozilishicha, kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qiladi va harbiy xizmatchilarni birgalikda tayyorlash hamda mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyat yaratadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish