Logo

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari muzokaralarining natijalari muhim bitimlar bilan mustahkamlandi

Yanvar 29, 2026. 22:20 • 57 soniya

69
O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari muzokaralarining natijalari muhim bitimlar bilan mustahkamlandi

TOSHKENT, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bugun Qo‘shma bayonot hamda Keng qamrovli strategik sheriklik doirasidagi hamkorlik mexanizmlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, bundan tashqari, ko‘p qirrali sheriklikning turli yo‘nalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi. Xususan:

– sog‘liqni saqlash, taʼlim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;

– iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida;

– konchilik sanoatida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida;

– xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida;

– maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

– yadro xavfsizligi, jisman himoya qilish, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almashinuvi to‘g‘risida;

– migratsiyaga ko‘maklashish va fuqarolarni o‘z mamlakatiga qaytarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;

– O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Turkiya Din ishlari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlar;

– Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;

– O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Turkiya Oliy taʼlim kengashi o‘rtasida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida 2026-2027-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish