O‘zbekiston Prezidenti Namangan viloyatida sun’iy intellekt borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Iyun 23, 2026. 14:31 • 2 daq

80

TOSHKЕNT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat texnika universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, laboratoriyada talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini real loyihalarda qo‘llash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Uning tarkibida tahlil, robototexnika va bionika markazlari, startap-akselerator, 9 ta “aqlli” xona, 2 ta sun’iy intellekt bo‘yicha tayyorgarlik xonasi tashkil etilgan.

Mazkur markaz sun’iy intellekt, robototexnika, “aqlli” transport, ekologiya va agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida innovatsion ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbari ushbu tajribani kengaytirish, muhim sohalar rivojiga yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada keng jalb etish zarurligini ta’kidladi.

Prezidentimizga viloyat, shahar va tuman hokimliklarida faoliyat yuritayotgan sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchilar tomonidan tayyorlangan startap loyihalar ham taqdimot qilindi.

Davlatimiz rahbari yoshlar bilan suhbatlashib, ularning g‘oya va takliflarini tingladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish