Logo

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyaning “Sumitomo Corporation” kompaniyasi prezidentini qabul qildi

Dekabr 19, 2025. 18:07 • 42 soniya

104
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyaning “Sumitomo Corporation” kompaniyasi prezidentini qabul qildi

TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokio shahridagi ishbilarmonlik tadbirlari doirasida “Sumitomo Corporation” kompaniyasi prezidenti Shingo Uenoni bugun qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, strategik sheriklikni yana-da rivojlantirish hamda energetika va sanoat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Samarqand viloyatida ikkita quyosh elektr stansiyasi va energiya saqlash tizimlari qurilishi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shunday loyihani shamol elektr stansiyalari va saqlash quvvatlari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham tez fursatlarda amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Kompaniyaning o‘ta yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish va tez tibbiy yordam mashinalari parkini modernizatsiya qilishda ishtirok etish rejalari kelishildi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari korporatsiya bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan hamkorlik dasturini qabul qilishni taklif etdi.

 

 

 

 

 

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish