Logo

AQSHning Filadelfiya shahrida muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik bo‘lib o‘tdi

Mart 12, 2026. 10:00 • 2 daq

17
AQSHning Filadelfiya shahrida muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik bo‘lib o‘tdi
AQSHning Filadelfiya shahrida muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik bo‘lib o‘tdi
AQSHning Filadelfiya shahrida muborak Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik bo‘lib o‘tdi

FILADELFIYA, 12-mart. /“Dunyo” AA/. Kecha AQSHning Filadelfiya shahridagi “Samarkand Steak House” restoranida muborak Ramazon oyi munosabati bilan navbatdagi iftorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir O‘zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilib, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uchun maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar o‘tkazish borasidagi ezgu anʼananing uzviy davomi bo‘ldi.

Iftorlikni tashkil etish Prezidentimizning O‘zbekiston fuqarolarini, ularning yashash joyidan qatʼiy nazar, qo‘llab-quvvatlash, milliy birdamlikni mustahkamlash va madaniy-diniy qadriyatlarni asrab-avaylashga qaratilgan izchil siyosatini aks ettiradi.

Uchrashuvda o‘zbek diasporasi, jamoat birlashmalari vakillari, faollar va AQSHda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda birdamlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tarixiy Vatan bilan aloqalarni mustahkamlash muhimligi taʼkidlandi.

So‘zga chiqqanlar muqaddas Ramazon oyining insonlarni ezgulikka, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka chorlovchi, jamiyatda birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi maʼnaviy ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish