Novosibirskdagi mamlakatimiz diplomatlari mushkul ahvolda qolgan oilani vatanga qaytardi

Noyabr 12, 2026. 14:00 • 55 soniya

• 114
Novosibirskdagi mamlakatimiz diplomatlari mushkul ahvolda qolgan oilani vatanga qaytardi

NOVOSIBIRSK, 12-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari mushkul vaziyatda qolgan ona va voyaga yetmagan bolalarning vatanga qaytishini ta’minladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani sababli Vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan onaning voyaga yetmagan (2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan) farzandlari Novosibirsk shahridagi Go‘daklar uyiga olib ketilgan. 

Bosh konsulxona diplomatlari bir kun ichida Markaz va Go‘daklar uyi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazib, fuqaroni ozod qilishga erishdi hamda unga O‘zbekistonga qaytish uchun tezkorlik bilan hujjatlar rasmiylashtirdi.

Shuningdek, diplomatlar bolalarni “Tolmachyovo” xalqaro aeroportiga yetkazib berishni ta’minladilar, u yerda ular onasi bilan uchrashdilar.

Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida oilaning barcha a’zolari uchun vatanga qaytish aviachiptalari xarid qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish
Logo
"Dunyo" Information Agency is a leading source of news on foreign policy and the development of Uzbekistan.
Sections
Information
Contacts
+99871-239-17-76
dunyo@mfa.uz
3A, Amir Temur str., Tashkent, 100000