Vashingtonda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Aprel 07, 2026. 17:22 • 58 soniya
• 23
VASHINGTON, 7-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Kecha Vashington shahrida mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Kengash qo‘shma biznes tashabbuslari uchun mustahkam institutsional asos yaratishga qaratilgan. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor taʼkidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSh Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qatʼiy intilishlarini amalda tasdiqladi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi