Logo

Chaqaloq volidasi bilan Vatanga qaytarildi

Dekabr 26, 2025. 10:07 • 47 soniya

276
Chaqaloq volidasi bilan Vatanga qaytarildi

YEKATERINBURG, 26-dekabr. /“Dunyo” AA/. Diplomatlar Rossiyada onasi tomonidan tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan o‘zbekistonlikning fojiali taqdiriga yana bir bor duch keldi va ularni Vatanga qaytarish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga Sverdlovsk shahridagi 1-shahar bolalar klinikasi vakillari O‘zbekiston fuqarosi X.S. o‘z bolasini tashlab qochib ketgani xususida murojaat qilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, ona avvalroq shifokorlarga juda zaif tug‘ilgan va maxsus vakuumga joylashtirilgan chaqalog‘idan voz kechishini aytgan. Oradan 3 kun o‘tganidan so‘ng u go‘dagini tashlab, o‘zi shifoxonadan chiqib ketgan.

Diplomatlar vatandoshni topib, u bilan bolani vatanga qaytarish zarurligi haqida profilaktik suhbat o‘tkazdi. Ular bolani ro‘yxatdan o‘tkazishdi, ona va chaqaloqqa barcha zarur hujjatlarni bepul rasmiylashtirdi. Rossiyaning ushbu mintaqasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar ko‘magida klinika tibbiy xizmatlari to‘lovi hal qilindi.

O‘zbekiston Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ona va bolaga “Yekaterinburg­-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha chiptalar xarid qilinib, mamlakatimizga qaytishi uchun reysga kuzatildi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish