Logo

Atirau universitetida o‘qiyotgan hamyurtlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Mart 01, 2026. 15:00 • 53 soniya

7
Atirau universitetida o‘qiyotgan hamyurtlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

ATIRAU, 1-mart. /“Dunyo” AA/. Atirau viloyatidagi Xalel Dosmuxamedov nomidagi Atirau universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Oqtov shahridagi bosh konsulxona tomonidan tashkil etilgan tadbirda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar, yangi loyihalar, davlat arboblari, tarixiy shaxslar va buyuk mutafakkirlar Navoiy va Bobur hayti va ijodi haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, “Ibrat farzandlari”, “Ustoz AI” “Qizlar Akademiyasi”, “Uzchess”, “Kreativ park” va boshqa loyihalar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Mazkur universitetda vatandoshlarimiz asosan iqtisodiy, yurisprudensiya, pedagogika va filologik yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Uchrashuv doirasida, O‘zbekistonda xorijiy diplomlarni nostrifikatsiyadan o‘tkazish tartibi bo‘yicha ham fikr-mulohaza almashildi.

Uchrashuvda yoshlarga Qozog‘iston migratsiyasi sohasidagi so‘nggi yangiliklar haqida konsullik konsultatsiyasi taqdim etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish