Logo

O‘zbekiston elchisi Tulada o‘qiyotgan vatandosh talabalar bilan suhbatlashdi

Mart 31, 2026. 09:30 • 2 daq

121
O‘zbekiston elchisi Tulada o‘qiyotgan vatandosh talabalar bilan suhbatlashdi

TULA, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Yurtimizning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov boshchiligidagi delegatsiya Lev Tolstoy nomidagi Tula davlat pedagogika universitetida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Elchi tashrif doirasida universitet rektori Konstantin Podrezov hamda ushbu taʼlim dargohida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda diplomat talabalarning savollariga batafsil javob berdi. Savollar asosan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ishga joylashish masalasi, amaliyot o‘tash jarayoni, hamda turli loyihalarda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘ldi.

Universitet rektori O‘zbekiston rahbariyatiga Rossiya bilan taʼlim sohasida uzoq vaqtdan beri olib borilayotgan keng ko‘lamli hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Xalqaro hamkorlik va taʼlim bo‘yicha prorektor Janna Fomichevaning so‘zlariga ko‘ra, Tula va O‘zbekiston professional hamjamiyatining konstruktiv hamkorligi Rossiya delegatsiyasining 2018-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Yangi kadrlar – yangi iqtisodiyot uchun” forumidan so‘ng yana-da kengaydi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Rossiya tomoni hozirda O‘zbekistonning yettita universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan. Bu borada samarali taʼlim amaliyotlari bilan doimiy almashinuv amalga oshirilayotgani, malaka oshirish kurslari o‘tkazilayotgani qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish