Vladivostokda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ona-bola Vatanga qaytarildi

Iyul 30, 2026. 10:00 • 53 soniya

207
Vladivostokda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ona-bola Vatanga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 30-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlarining yordami bilan qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi G.S. hamda uning voyaga yetmagan farzandi Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maʼlum bo‘lishicha, hamyurtimiz diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, vaqtinchalik turar joyi va yashash uchun mablag‘i qolmagani sababli O‘zbekistonga qaytishda ko‘mak so‘ragan.

Shundan so‘ng konsulxona tomonidan Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda tegishli tashkiliy va diplomatik chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Ushbu yurtdoshimizning ijtimoiy ahvoli inobatga olinib, Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun “Vladivostok–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilingan.

Zarur rasmiylashtiruv va kuzatuv ishlari yakuniga yetkazilgach, vatandoshlarimizning Vladivostokdan chiqib ketishi tashkil etildi va ular sog‘-salomat Vatanga qaytarildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish