Guandun provinsiyasi va Farg‘ona viloyati tadbirkorlari qo‘shma logistika markazini tashkil etish va o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoyga eksport qilishni rejalashtirmoqda
May 01, 2026. 11:25 • 2 daq
• 167FARG‘ONA, 1-may /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Xitoyning Guandun provinsiyasi tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga navbatdagi biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tashrif O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish, iqtisodiy diplomatiyani izchil rivojlantirish maqsadida amalga oshirildi.
Delegatsiya biznes-missiya doirasida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi va viloyat rahbariyati bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokida tashkil etilgan biznes-forumda Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Muloqot yakunida tomonlar logistika markazi tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilishni kengaytirish hamda boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

