O‘zbekiston va Yaponiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik rivojlantiriladi
Aprel 02, 2026. 12:20 • 1 daq
• 153
TOKIO, 2-aprel /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Tokioda Yaponiya Vakillar palatasi deputati, O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi aʼzosi Ito Tadaxiko bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi mustahkamlangani va xorijiy investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgani taʼkidlandi. Yaponiya tomoni ushbu jarayonlarni ijobiy baholab, O‘zbekistonni istiqbolli hamkor sifatida ko‘rishini maʼlum qildi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi va uning doirasida o‘tkazilgan muzokaralar, shuningdek “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitidagi ishtiroki alohida eʼtirof etildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish, ayniqsa, O‘zbekiston va Yaponiya parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyot, taʼlim va gumanitar sohalardagi loyihalarni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi