O‘zbekiston yoshlari delegatsiyasi Hindistonda bo‘lib o‘tgan forum doirasida qator muhim uchrashuvlar o‘tkazdi
Aprel 02, 2026. 14:19 • 2 daq
• 270
DEHLI, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindiston yoshlari forumida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur tadbir mintaqalararo muloqotni mustahkamlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. Hindistonga amalga oshirilgan tashrif ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Delegatsiya tarkibidan taʼlim, iqtisodiyot, madaniyat, sanʼat va boshqa soha vakillari joy oldi. Safar davomida davlat va jamoat arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, shuningdek, yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrifning markaziy voqealaridan biri yoshlar delegatsiyasining Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuvi bo‘ldi. Muloqot chog‘ida Hindiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari yoshlar harakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mamlakatimiz vakillari uchrashuvda yuqori faollik ko‘rsatdi. Ular iqtisodiyot va moliya, moda industriyasi, kino sanʼati, taʼlim almashinuvi va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi.
Forum tadbirlari doirasida O‘zbekiston vakillari ishtirokchilarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan batafsil tanishtirdi. Yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, shuningdek, yigit-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi maʼlumotlar alohida qiziqish uyg‘otdi.
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Hindiston yoshlar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik izchil faollashib bormoqda. Ikki mamlakat vakillari O‘zbekiston va Hindistonda o‘tkazilayotgan xalqaro yoshlar forumlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda.
Yuqori darajadagi uchrashuvlar va O‘zbekiston tomonining mazmunli tashabbuslari bilan boyitilgan ushbu tashrif ikki davlatning yosh yetakchilari o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma loyihalar uchun yangi ufqlarni ochib, sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirishga bo‘lgan o‘zaro intilishning yaqqol tasdig‘i bo‘l
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi