O‘zbekistonda MAGATE ko‘magida yadro tibbiyoti rivojlantiriladi
Mart 30, 2026. 14:19 • 59 soniya
• 315
VENA, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) yurtimizning Avstriyadagi elchixonasiga O‘zbekistonda yadro tibbiyotini rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlarni ishlab chiqishda ko‘mak berishga tayyor ekanini bildirib, maktub yo‘lladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
MAGATE O‘zbekistonning yadro tibbiyotini rivojlantirishga qaratilgan tashabbusini yuqori baholab, bu soha sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlashga, onkologik kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirishga va zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qilishini taʼkidlagan.
Maktubda qayd etilishicha, ushbu qo‘llab-quvvatlash MAGATEning amalga oshirilayotgan texnik hamkorlik dasturlari va 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida amalga oshiriladi. Agentlik xalqaro xavfsizlik standartlariga muvofiq holda ekspert va maslahat yordamini taqdim etishga tayyor ekanini bildirgan.
Shuningdek, MAGATE yadro tibbiyoti, radioterapiya, radiologiya va radiofarmatsiya sohalarida O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini maʼlum qilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi