Logo

O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni samarali amalga oshirishning aniq mexanizmlarini muhokama qildi

Aprel 28, 2026. 20:15 • 58 soniya

152
O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni samarali amalga oshirishning aniq mexanizmlarini muhokama qildi
“Dunyo” AA arxividan olingan surat

TOSHKENT, 28 aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan telefon orqali sermazmun muloqot o‘tkazdik” – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Yaqinda bo‘lib o‘tgan Antaliya diplomatik forumi natijalari yuqori baholandi. Suhbat davomida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari, mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdik.

Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish hamda ustuvor qo‘shma loyihalarni ilgari surishning aniq mexanizmlari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish