O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Vashingtonda AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi
Aprel 08, 2026. 09:53 • 48 soniya
• 125
VASHINGTON, 8-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 7 aprel kuni Vashingtonda AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Vashington shahrida AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat chog‘ida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi natijalarini muhokama qildik, shuningdek, iqtisodiy loyihalar portfeli izchil kengayib borayotganini qayd etdik.
Strategik sherikligimizni yanada rivojlantirishga qo‘shayotgan katta hissasi uchun janob Davlat kotibiga o‘z minnatdorligimni bildiraman”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi